Juraboev Shavkat Shuxratovich
Shavkat Jo'raboev ASHINA LAW FIRM yuridik firmasining boshqaruvchi sherigi.
Shavkat korporativ masalalar, tashqi savdo operatsiyalari, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish, ko‘chmas mulk va investitsiyalar bo‘yicha maslahat berishga ixtisoslashgan. Professional mediator
Ish tajribasi
Ashina law firm yuridik firmasini tashkil qilishdan oldin SHavkat O’zbekistonning Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va «Agrover» kompaniyalar guruhi kabi yirik kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida, shuningdek, POSCO Engineering & Construction Co., Ltd. (Janubiy Koreya), Indorama Kokand Textile (Singapur) va Uz-Kor Gas Chemical kabi xalqaro kompaniyalarda bosh huquqshunos bo’lgan. SHavkat BMTning rivojlantirish dasturi doirasida huquqiy loyihalarda ishtirok etgan, American Door & Window, LLC (AQSH)da faoliyat yuritgan, "Hakamlik sudlari to’g’risida" va "Xalqaro tijorat arbitraji to’g’risida"gi qonunlarni ishlab chiqishda qatnashgan, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va O’zbekistonda Arbitrajni rivojlantirish markazi qoshidagi xalqaro tijorat arbitrajini tashkil etishda ishtirok etgan. Bundan tashqari, SHavkat BAA, Buyuk Britaniya, MDH, Hindiston, Janubiy Koreya, Singapur, SHveytsariya, Daniya, Xitoy, AQSH va Germaniyadan 6 mlrd. dollardan ortiq to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar sohasidagi loyihalarda ishtirok etgan.
Mutaxassislik
Mutaxassislikning asosiy yo'nalishlari: Korporativ amaliyot, tashqi savdo, ko’chmas mulk, nizolarni hal qilish, komplaens. Professional mediator
Filiallar va sektorlar: Sanoat, TKS, ko’chmas mulk, axborot texnologiyalari, moliya, qurilish, energetika va tabiiy resurslar, qishloq xo’jaligi, korporativ boshqaruv.
Tillar: O’zbek, rus, ingliz va turk tillari
Asosiy holatlar va loyihalar
Shavkat katta ish tajribasiga ega bo’lib, quyida uning loyihalariga misollar keltirilgan.
Xalqaro ovozli trafik telekommunikatsiya tarmoqlari orqali o’tganda qonun buzilishlarini aniqlashni avtomatlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etishga va bunday qoidabuzarliklar to’g’risida ma’lumot olishga ixtisoslashgan Amerika kompaniyasiga maslahat berish: tartibga soluvchi organ bilan qo’shma korxona tashkil etish bo’yicha yuridik maslahatlar berish.
Italiyaning yetakchi kompaniyasiga «O’ztransgaz» uchun zamonaviy o’lchash tizimlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniya bilan mahsulot (uskuna) yetkazib berish bo’yicha shartnomasini tuzish va tasdiqlash bo’yicha yuridik maslahat berish.
O’zbekistonda biznes boshlash va Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi shaxarlarda yirik ko’chmas mulk ob’ektlarini qurishni rejalashtirgan Xitoy kompaniyasiga yuridik maslahat berish.
Janubiy Koreya kompaniyasiga O’zbekistonda mehmonxona majmuasini qurish bo’yicha yangi sho’ba korxonasini tashkil etish, shuningdek, qurilish ishlari davomida kompaniyaga huquqiy yordam ko’rsatish bo’yicha maslahat berish.
O’zbekistonda chakana savdo parklari, kartoshkani qayta ishlash zavodi va o’simliklar uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodini ochish loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek, ekinlarni yetishtirishda klaster yondashuvini amalga oshirishda O’zbekiston kompaniyasiga yuridik maslahat berish.
Loyihalarni moliyalashtirish masalalari bo’yicha qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi ikkita yetakchi O’zbekiston kompaniyalariga maslahat berish, shuningdek mahalliy kompaniya hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish, aktsiyalarni sotish bilan bog’liq masalalarni hal qilish, korporativ boshqaruv tizimini optimallashtirish.
Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida yuqori sifatli paxta ip-yigiruvi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi munosabati bilan Singapur kompaniyasidan yuridik maslahat berish.
Qiymati 4 mlrd. AQSH dollardan ortiq bo’lgan gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasiga (xususan, hujjatlarni tayyorlash) huquqiy yordam ko’rsatish (shundan 2,5 mlrd. AQSH dollari loyihani moliyalashtirish shartlari asosida taqdim etiladigan xorijiy kreditorlarning resurslari). 2012 yilda ushbu loyiha Thomson Reutersning "Evropa neft va gaz sanoatida yil bitimi" Project Finance Award mukofotiga sazovor bo’ldi.
Uchta EPC shartnomasi doirasida O’zbekiston bo’ylab A380 avtomagistrali beton yo’lini qurayotgan Janubiy Koreya kompaniyasiga yuridik maslahat va huquqiy yordam ko’rsatish.
Ta'lim
Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi, «Korporativ boshqaruv», 2021 y. (O’zbekiston).
Akron School of Law (AQSH), «Intellektual mulk huquqi», 2006 y.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, «Xalqaro huquq», 2001 y. (O’zbekiston).
Amaliyotga kirish
O’zbekiston, 2001 y.