G‘ulomov Javohir Baxodirovich
Kelajakda yuksak salohiyatli huquqshunos va mas’uliyatli huquqshunos sifatida jamiyatga xizmat qilishni maqsad qilgan. O‘zbekistonning nufuzli davlat organlarida va sud-huquqiy sohalarda orttirgan tajribasi bilan yuridik amaliyotni puxta o‘rgangan. Javohirning kasbga bo‘lgan fidoyiligi, mustahkam nazariy tayyorgarligi va tajribali mutaxassislar bilan birgalikda ishlashga bo‘lgan intilishi uni kelajakda yetakchi huquqshunoslardan biriga aylantiradi.
Ish tajribasi
Javohir huquqiy amaliyot doirasida davlat idoralarida yuqori malakali yuridik ishlarni bajarishda qatnashgan bo‘lib, quyida uning huquqiy faoliyati yoritilgan:
Buxoro prokuraturasi – Jinoyat-huquqiy va ma’muriy huquqiy yo‘nalishlarda ish yuritish, tergov jarayonida huquqiy kuzatuv va hujjatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullangan. Davlat organlari faoliyatidagi yuridik normalarni tadbiq qilish, qonunbuzarliklarni oldini olish va muvofiqlik masalalarida yuqori natijalarga erishgan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi – Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal qilishda amaliy yuridik yordam ko‘rsatish, shartnomaviy munosabatlardagi nizolarni huquqiy tahlil qilishda bevosita ishtirok etgan. O‘zbekiston iqtisodiy sud tizimidagi protsessual jarayonlar va amaliyot jarayonini chuqur o‘rganish, huquqiy masalalarni hal qilishda puxta bilimini namoyish etgan.
Mutaxassislik
Tillar: O‘zbek, rus, va ingliz
Asosiy holatlar va loyihalar
Ta'lim
Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti, 4-kurs talabasi.