Zamonaviy dunyoda intellektual mulk har qanday kompaniyaning asosiy aktivlaridan biri hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lish biznesni rivojlantirish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Shu bilan birga, intellektual mulkni himoya qilish va muhofaza qilish ko‘plab murakkab huquqiy masalalarni hal qilishni talab qiladi. Ashina Yuridik Firmasi sizning innovatsiyalaringiz va brendlaringizni O‘zbekistonda va xorijda huquqiy himoya qilishga qaratilgan intellektual mulk sohasida professional xizmatlar taklif etadi. Bizning xizmatlarimiz quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Patent huquqi obyektlarini (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari), mualliflik huquqi obyektlarini (EHM dasturlari, ma’lumotlar bazalari, ilmiy, adabiy va san’at asarlari), individuallashtirish vositalarini (tovar belgilari, tovar kelib chiqish joylarining nomlari) ro‘yxatdan o‘tkazish
- Texnika darajasini aniqlash, ishlanmalar patentliligi bahosi, patent tozaligi tahlili uchun patent tadqiqotlari va patent-ma'lumot qidiruvi
- Birlashish va qo‘shib olish bitimlari, investitsiya bitimlari bo‘yicha intellektual mulk sohasida huquqiy audit (Due Diligence)
- Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish, litsenzion shartnomalar, tijorat konsessiyasi (franchayzing) shartnomalarini tuzish
- Intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalari huquqlarini tijoratlashtirish va kapitalizatsiya qilish
- Eksklyuziv huquqlarni sud tartibida himoya qilish, huquqni buzganlik uchun kompensatsiya undirish, ushbu huquqbuzarliklar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik
- Patent nizolarini sud va suddan tashqari tartibda hal qilish
- Patent egalariga va huquq egalariga bankrotlik jarayonlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash
Bizning jamoamizda yuqori malakali patent vakillari va intellektual mulkning barcha sohalarida katta amaliy tajribaga ega yuristlar ishlaydi. Biz mijozlarimizning intellektual huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda professional yondashuv va maxfiylikni kafolatlaymiz.